Barcha tahlillar

Advokat hamkasblarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Lentali medal va eski yozuv mashinkasi
Surat: Matias Luge / Unsplash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan advokatlar ham bee’tibor qoldirilmadi.

Xususan, “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan Abdulxayev Qambarali — Qo‘qon shahar “Adolat shamchirog‘i” advokatlik firmasi advokati,

“Shuhrat” medali bilan Mirsaatov Mirobid Pulatovich — Toshkent shahar “S.Yakubov va advokatlar” advokatlar hay’ati advokati mukofotlandilar.

Ustoz hamkasblarimizni bu yuksak e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz!