Biznes markazi, Toshkent Registon, Samarqand Tashkent City, Toshkent Kalon minorasi, Buxoro Toshkent va Tyan-Shan etaklari Alisher Navoiy nomidagi teatr, Toshkent

Solve legally.

Iqtisodiy va mansabdorlik jinoyatlari bo‘yicha himoya hamda biznesga yuridik xizmat. Toshkentdagi advokatlik firmasi, 2012-yildan.

Biz bilan bog‘laning

Surat: Biznes markazi, Toshkent

Amaliyot yo‘nalishlari

Iqtisodiy va mansabdorlik jinoyatlari
Rahbarlar, mansabdor shaxslar va kompaniyalarni korrupsiya va poraxo‘rlik, o‘zlashtirish va rastrata, firibgarlik, soliq jinoyatlari, jinoiy daromadlarni legallashtirish va mansab vakolatini suiiste’mol qilish ishlarida himoya qilish: tergovga qadar tekshiruvdan kassatsiyagacha.
Korporativ masalalar
Korporativ nizolar, ishtirokchilar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, ulushlar bilan bitimlar, boshqaruv organlari faoliyati va bitimlarni huquqiy tekshirish.
Mehnat huquqi
Ish beruvchilar va rahbar xodimlar uchun: mehnat shartnomalari, intizomiy jarayonlar, ishdan bo‘shatish va mehnat nizolari bo‘yicha sudda vakillik.
Biznesga yuridik xizmat
Kompaniyalarga doimiy yuridik xizmat: shartnomalar, davlat organlari bilan munosabatlar, tekshiruvlar va sud ishlari.

Mijozlarimiz

Mijozlarimiz orasida yuqori martabali shaxslar va yirik kompaniyalar bor. Advokatlik siri ishimizning asosi, shu sababli mijozlarimiz nomlarini oshkor qilmaymiz.

Sheriklar ish jarayonida, BLG ofisi, Toshkent
Sheriklar ish jarayonida, BLG ofisi, Toshkent

Sheriklar

Razzoq Altiyev

Boshqaruvchi sherik

Advokat, «Business Lawyers Group» advokatlik firmasining boshqaruvchi sherigi. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD, firibgarlik jinoyatlari); jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish bo‘yicha doktorlik (DSc) tadqiqoti muallifi.

Dilshodbek Kenjaboyev

Sherik

Advokat, «Business Lawyers Group» sherigi (Toshkent). Advokatlar palatasining «Yil advokati — 2024» tanlovida «Porlayotgan yulduz» nominatsiyasi g‘olibi. TDYU katta o‘qituvchisi, mediator, LLM (Merit).

Tahlillar

Har chorshanba: qonunchilikdagi o‘zgarishlar, sud amaliyoti va amaliyotimizdan kuzatuvlar.

  1. Advokat va komplayens xodimi daxlsizligi: O‘RQ-1182 nimani o‘zgartirdi va nimani o‘zgartirmadi

    Yangi qonun advokat daxlsizligini JPKga kiritdi, uni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik va dalillarni nomaqbul deb topishni belgiladi. Mijoz va rahbar uchun bu nimani anglatadi.

    Dilshodbek Kenjaboyev

  2. Davlat ulushli korxonalarda ichki nazorat kuchaymoqda: rahbar nimalarga tayyor bo‘lishi kerak

    Yangi namunaviy nizom ichki nazorat tuzilmalarini mustaqil qildi va ularga keng vakolat berdi. Davlat ulushli korxonalar rahbarlari va pudratchilari uchun bu nimani anglatadi.

    Razzoq Altiyev, Dilshodbek Kenjaboyev

  3. Habibulla Olimjonovning «Advokat» roman-essesi haqida

    Jurnalist va advokat Habibulla Olimjonovning «Advokat» roman-essesini o‘qib chiqdim. Bilishimcha, shu mavzuda o‘zbek adabiyotida yozilgan birinchi asar.

    Dilshodbek Kenjaboyev